Madridliklar superto‘purarni asosiy tarkibdan chiqardi

  • 23 iyul, 06:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq yillar davomida Madridning “Atletiko” klubida asosiy to‘purar vazifasini bajarib kelgan Antuan Grizmannga murabbiylar shtabining munosabati o‘zgardi.

Tecno

Marca nashriga ko‘ra, Diego Simeone frantsiyalik hujumchiga “Atletiko” asosiy tarkibidan joy kafolatlanmasligini aytdi. Argentinalik mutaxassis jamoada avlodlar almashinuvini amalga oshirib, tarkibni yoshartirmoqchi.

Bu jarayonda 34 yoshli Antuan Grizmann avvalgidek asosiy figuralardan biri bo‘lmaydi. U maydonga tushish uchun yosh avlod vakillari bilan raqobatga kirishishga majbur. Agar Grizmann talabga javob bermasa, zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishi mumkin.

Grizmann “Atletiko” tarixidagi eng sermahsul o‘yinchilardan hisoblanadi. U madridliklar safida jami 445 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 198 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 93 ta golli pas uzatgan. Antuanning “Atletiko” bilan yana ikki yillik shartnomasi bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!