
Madrimov - Krouford oqshomining 2-markaziy jangi ma’lum yoxud "Snikerslar qiroli" qaytmoqda
Xabaringiz bor, 3 avgust kuni AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Riyadh Season Card oqshomi tashkilotchilari turnirning 2-markaziy jangini e’lon qilishdi. Unda superog‘ir vazn toifasida uchta yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni, "Snikkerslar qiroli" deb atashadigan meksikalik Endi Ruis amerikalik Jarrell Millerga qarshi ringga ko‘tariladi. Ma’lumki, markaziy jang amerikalik mutlaq jahon chempioni Terens Krouford hamda hamyurtimiz WBA kamari sohibi Isroil Madrimov o‘rtasida o‘tkaziladi.
Darvoqe, yaqindagina qon tahlilida taqiqlangan modda aniqlangan Miller Top Rank promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Jarrellning 9 iyul kuni Jerri Forrestga qarshi jangidan avval topshirgan testi musbat natija bergandi. Bunday holat uning faoliyatida uchinchi marotaba sodir bo‘ldi.
Fikrlar