Mağlubiyat ko‘rmagan chempiongа o‘zbek bokschisi bilan jang qilish shartligi aytildi
Ijtimoiy tarmoqdagi Great Chef Boxing akkaunti amerikalik bokschi Jessi «Bэм» Rodriges (24-0, 17 KO) uchun O‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev (15-2, 12 KO) ancha munosib raqib ekanini ta’kidladi.
Nashr yozishicha, Naoe Inouega qarshi katta jangga tayyorgarlik doirasida Rodriges uchun aynan Ahmadaliev bilan ringga ko‘tarilish eng to‘g‘ri qaror bo‘lardi.
«Bэм Rodriges Naoya Inoue bilan jang oldidan tayyorgarlik sifatida Murodjon Ahmadaliev bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Bэм ham, Murodjon ham bir promouter — Eddi Hirn bilan hamkorlik qiladi. Ahmadaliev oxirgi marta may oyida jang qilgan, ya’ni u vaqtda u band emasdi, jangga tayyor edi. Bu bahsni tashkil etish juda oson bo‘lardi va katta qiziqish uyg‘otardi, chunki Ahmadaliev Inoue va Rodriges uchun umumiy raqibga aylanardi.
Agar Bэм chindan ham Inouega qarshi jangni istagan bo‘lsa, Kristian Medina bilan jangni tanlash mantiqan to‘g‘ri emas edi», — deya qayd etiladi postda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil sentyabrida Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun bo‘lib o‘tgan jangda Naoya Inouega ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan edi.
2026 yil 29 may kuni Toshkentda o‘tkazilgan oxirgi jangda esa o‘zbekistonlik bokschi venesuelalik Egli Moskedani to‘rtinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.

Fikrlar