Magda Linett bosh sovrinni ko‘zlamoqda

  • 22 avgust, 2019, 13:04
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

AQShning Nyu-York shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "NYJTL Bronx Open" xalqaro turnirida uchinchi davra bahslari davom etmoqda.

Musobaqaning mazkur bosqichida Magda Linett (Polsha) va Aleksandra Sosnovich (Belarus) o‘zaro to‘qnash keldi. Magdaning ustunligida o‘tgan o‘yin 6:1, 6:4 hisobida yakunlandi.

Endi M.Linett chorak final uchrashuvida chexiyalik Karolina Muxova hamda amerikalik Kristi An o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!