Kellini faoliyatini qachon yakunlashi ma’lum bo‘ldi

  • 25 aprel, 2020, 15:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi mavsum "Yuventus" himoyachisi Jorjio Kellini uchun oxirgisi bo‘ladi. Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli italiyalik futbolchi “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shundan so‘ng u butsalarini mixga iladi.

Kellini faoliyatini tugatgach “Yuventus”da menejer lavozimida ish boshlaydi. Ta’kidlash kerakki, u biznes boshqaruvi bo‘yicha magistr diplomiga ega.

Jorjio Kellini “Yuventus” sharafini 2005 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida turinliklar safida jami 509 ta o‘yinda maydonga tushdi va 36 ta gol hamda 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!