Magomed Adiev Qozog‘istonning Daniya ustidan qozonilgan super g‘alabasiga izoh berdi

  • 27 mart, 2023, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston terma jamoasi kecha ajoyib kambek evaziga Daniyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng qo‘shnilarimiz bosh murabbiyi Magomed Adiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Albatta, g‘alabadan xursandmiz. Sloveniyaga o‘z uyimizda engilganimizdan so‘ng (1:2) muxlislardan qarzdor bo‘lib qolgandik. Raqib kuchli edi, to‘g‘ri. Ammo yigitlar o‘zlarini tiklay olishdi va chiroyli tarzda zafar quchishdi.

Muxlislar qo‘llab-quvvatlayotganini his qilib turdik. Ularga alohida rahmat. Bizga ishonch bildirgani, oxirigacha qo‘llab-quvvatlagani uchun ham ular mana shunday g‘alabaga loyiq edi. 

Tan olaman, birinchi bo‘lim biz xohlagandek o‘tmadi. Shunga qaramay, ikkinchi taymda vaziyatni o‘zimiz tomonga og‘dira oldik. Esdan chiqmaydigan fantastik oqshom bo‘ldi", - dedi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!