Maguayr London klubiga o'tishi mumkin

  • 24.01.2026 02:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr "Chelsi"ga o‘tishi mumkin. "CaughtOffside" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi yozda Maguayrni erkin agent sifatida olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

"Ko‘klar" Tyago Silva kabi tajribali markaziy himoyachini transfer qilishni rejalashtirmoqda, u ham "Chelsi"ga yanada tajribali futbolchi sifatida kelgan edi.

Maguayr 2019 yilda "Lester"dan "Manchester Yunayted"ga 87 million yevroga o‘tgan. Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi "qizil iblislar" safida barcha turnirlarda 11 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!