
Maguayr sardorlik bog‘ichidan mahrum etilmaydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher Gretsiyada politsiyachilar bilan janjallashgan va katta mojaroga sabab bo‘lgan himoyachi Xarri Maguayrni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilmasligini aytdi.
“Xarri bu yozni og‘ir o‘tkazdi. Tanaffus u qadar uzoq davom etmadi. Uning ta’tili boshqa futbolchilarga nisbatan boshqacha bo‘ldi va shuning uchun biz unga dam olishi uchun yana bir necha kun qo‘shib berdik. U hozir qaytib keldi va ko‘rinishi yaxshi.
U bo‘lib o‘tgan voqealarni munosib hal qildi va bu borada biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. U bizning sardorimiz bo‘lib qoladi. Men uni ajoyib inson deb bilaman va u insoniy qadriyatlarga ega. Xarri yangi mavsumda ham yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatadi, deb umid qilamiz”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Fikrlar