
Mahmud Muradov jang qiladigan kechada yana kimlar oktagonga ko‘tariladi?
O‘zbekistonlik birinchi UFC jangchisi Mahmud Muradov 26 fevral kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. U AQShning Las-Vegas shahrida tashkil etiluvchi “UFC Fight Night» turnirida Kanada vakili Misha Tsirkunovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Markaziy jangda esa Islom Maxachev-Benil Dariush qarama-qarshiligini guvohiga aylanamiz. Qolaversa, yana bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar o‘rin olgan. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, jang kechasiga qadar, ba’zi o‘zgarishlar ham yuzaga kelishi mumkin.
Hozirga kelib, kard shunday ko‘rinish olgan...
Asosiy kard:
Islam Maxachev (Rossiya) - Benil Dariush (AQSh);
Jairzino Rozenstrayk (Surinam) - Marchin Tybura (Polsha)
Mahmud Murodov (O‘zbekiston) - Misha Tsirkunov (Kanada);
Rayan Spenn (AQSh)- Ion Kutselaba (Moldova).
Prelim kard:
Arman Tsarukyan (Armaniston) - Yoel Alvares (ispaniya);
Ignasio Baxamondes (Chili)- Ju Rong (Xitoy);
Jin Yu Frey (AQSh)- Xanna Goldi (AQSh).
Viktor Altamirano(Meksika) - Karlos Xernandes (AQSh);
Terrens MakKinni (AQSh) - Fares Ziam (Frantsiya);
Gregori Rodriges (Braziliya) - Armen Petrosyan (Armaniston);
Alexandro Peres (Meksika)- Djonatan Martines (AQSh).
Fikrlar