
Mahmud Muradov tarixiy jangchi sifatida tasvirlandi va hamyurtimizdan o‘ziga xos izoh...
UFCdagi birinchi o‘zbek Mahmud Muradov Instagram sahifasiga o‘zini tarixiy jangchi sifatida tasvirlangan fotosini joyladi va unga quyidagi tarzda izoh qoldirdi.
"1930 yil jangchisining bu obrazi muxlislarimda katta qiziqish uyg‘otdi. Berkitmayman, menga ruhan yaqin bo‘lgan qahramon rolini o‘ynash o‘zimga ham juda yoqdi. Gap shundaki, yaqinda jahonga mashhur nashr mening rasmlarim va tarjimai holimning qisqacha mazmuni aks ettirilgan yilnomani taqdim etadi. Men bunday nufuzli nashr, qachondir orzusi ortidan kelib, bugun, jahon maydonlarini zabt etayotgan o‘zbekistonlik yigit bilan ishlayotganidan juda xursandman. Alhamdulillah, o‘z kasbimni yaxshi ko‘raman va ba’zida qiyinchiliklarga duch kelsam ham, har bir kunimdan zavq olib yashashda davom etaman. Barchasi uchun Allohga shukr!",- deya yozib qoldirgan o‘zbek jangchisi.
Fikrlar