
Mahmud Muradovning UFCdagi jangi bekor bo‘ldi (video)
UFCdagi o‘zbek Mahmud Muradovning 3 sentyabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi bekor bo‘ldi.
Bu haqda sportchining o‘zi "Instagram"dagi sahifasi orqali e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, unda hech qanday jarohat yo‘q. U mashg‘ulotlarda qatnashayotganini, shunchaki hujjatlar bilan muammo borligini aytmoqda.
Muradov 21 oktyabr kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC280 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Eslatib o‘tamiz, o‘rta vazn toifasidagi vakilimizning statistikasi 25-7ni tashkil qiladi.
Uning raqibi, germaniyalik Abusupyon Magomedovniki esa 24-4-1ga teng.
Fikrlar