Mahmud Murodov Toshkentga qaytmoqda. Ertaga matbuot anjumani va master-klass o‘tkaziladi

  • 5 fevral, 2021, 19:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik birinchi UFC jangchisi Mahmud Murodov 5 fevraldan 6 fevralga o‘tar kechasi tungi soat 02:30 da Toshkentga etib keladi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ertaga Mahmud Murodov ishtirokida poytaxtimizdagi “Bifet” sport majmuasida matbuot anjumani va master-klass ham tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov joriy yilning 24 yanvar kuni UFC 257 turniri doirasida oktagonga ko‘tarilgan va amerikalik raqibi Endryu Sanchesni texnik nokautga uchratgan edi. Shu tariqa, sportchimiz faoliyatidagi uchinchi jangida uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!