
MakGregor:"Bu jang UFC tarixidagi eng yaxshisi edi"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Instagram da yangi post joylashtirdi va unda Neyt Dias bilan ikkinchi jangi tashkilot tarixidagi eng yaxshi jang bo‘lganligini bildirdi.
"Bu jang UFC tarixidagi eng yaxshisi bo‘lgan", - deb Konor ushbu qarama-qarshilikdan videolavha joyladi.
Eslatib o‘tamiz, MakGregor va Dias oktagonda ikki marta to‘qnash kelishgan. 2016 yil mart oyida amerikalik ikkinchi raundda g‘alaba qozonib, MMA olamini hayratda qoldirdi, besh oy o‘tgach esa jangchilar revansh jangini o‘tkazdi va unda irlandiyalik hakamlarning yakdil qarori bilan raqibidan ustun kelgan edi.
Fikrlar