Maks Xollowey Charlz Oliveiradan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Amerikalik MMA ustasi Maks Hollowey "UFC 326" turnirida braziliyalik Charlz Oliveyradan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"G‘alabalar quvonchi va mag‘lubiyatlar alami - bir medalning ikki tomoni. Shanba mening kunim emasdi. Butun oilam, do‘stlarim va muxlislarimdan bu uchun uzr so‘rayman. Biroq o‘zimni oqlamoqchi emasman. Men ilgari ham shunday vaziyatga tushganman va o‘zim xohlagan joyga qaytish uchun qanday ishlarni bajarishim kerakligini bilaman. Oliveyraga esa respekt. Ammo biz hali tugatmadik. Cho‘qqida ko‘rishamiz, yigitlar", - dedi amerikalik.
Ma’lumot uchun, Hollowey professional faoliyati davomida 27 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar