
Maksim Shatskix: "Bizda asosiy tarkib degan tushuncha yo‘q"
Coca-Cola Superliga 5-turi doirasida o‘z maydonida «Qizilqum» ustidan g‘alaba qozongan «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix jamoa haqli g‘alaba qozongani va tarkib mashg‘ulotlardan kelib chiqib tanlanishi, yosh futbolchilar hamda taktik sxemalar haqida fikr yuritdi.
«O‘yinda ustunlikka erishib haqli tarzda g‘alaba qozondik. O‘yinni to‘liq nazorat qildik. Raqibda birinchi taymda birgina imkoniyat bo‘ldi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik va g‘alabaga erishdik».
«Asosiy tarkibda kimlar tushirilishi mashg‘ulotlar jarayonida hal bo‘ladi. Kim qanday holatda, qanday sport formasida ekanligidan kelib chiqib tarkib tanlaymiz. Shuningdek, raqibga ham qarab tarkib va taktika tanlashimiz mumkin. Bizda asosiy tarkib degan tushuncha yo‘q. Barchada imkoniyat bir xil».
«Yoshlar ishonchimizni to‘liq oqlashdi. Ularga barcha o‘yinlarda imkoniyat berishga harakat qilamiz. Keyingi turlarda ulardan foydalana olmaymiz, yana terma yig‘inlariga ketishadi».
«O‘yin vaqtida taktik sxemalarimizni bemalol unisidan bunisiga almashtira olamiz. Bunga salohiyatimiz etadi. Turli raqib, turli vaziyatlardan kelib chiqib, taktikamizni bemalol o‘zgartira olamiz», - deydi Shatskix.
Fikrlar
Ал Хилол, Ал Саад ёки бошка кучлирок жамоалардан иссигида олсагина кузи мошдек очилади.
Кейин, асосий таркиб деган тушунча шаклланади. Уз-узидан.
Унда кеч булади.
Кузини очиб караса, самалётда утирган булади...