
Maksim Shatskix: "Hech qaysi jamoani osongina mag‘lub etib bo‘lmaydi"
O‘zbekiston Kubogi nimchorak final doirasida "Paxtakor"ning "Aral"ga qarshi (1:0) bellashuvidan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix bahs xususida fikrlarini bildirdi.
"Ikki xil bo‘lim o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda o‘zimizni to‘liq ko‘rsata olmadik. Bu ruhiyat sababli. Tanaffusdan keyin umuman boshqa futbol namoyish etdik. Ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo bor-yo‘g‘i bitta gol urdik.
Bu futbolchilarning fikrlashiga bog‘liq. O‘zim futbolchilik faoliyatimda bunday muammolar bilan duch kelganman. Har bir raqibga birdek tayyorgarlik ko‘rish kerak ekanligini ko‘p marotaba takrorlaganman. Hech qaysi jamoani osongina mag‘lub etib bo‘lmaydi. Qaysidir futbolchi xayolan terma jamoa yig‘inida. Kimdir esa hayolan ta’tilga yo‘l oldi. Biz yomon o‘ynamadik, ammo birinchi bo‘limdan ko‘nglim to‘lmadi".
Fikrlar
Утган йили Навбахор Узбекистон номидан Арабистонга боришига 4 Кун колганида сунъий майдонли Нукус калъасига 1200 км.лик масофага бориб соат 17:00 да жазирамада уйнаган..
Нима учун Навбахор боради? нима учун Пахтакор бормайди?
нима Узбекистонда Пахтакорни шохи борми?
шарманда лига сенсанлар...шарманда лига ...
Шармандали футбол Лигаси
Чунки Тошконда окалари борда. Шармандаям каттаси. Уятмайдиям булар.