
Maksim Shatskix: "Jamoaning o‘yini ko‘rindi"
“Arkadag” - “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Maksim Shatskix hamda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Doniyor Abdumannopov ishtirok etishdi.
Maksim Shatskix: “Hammaga xayrli kech. Avvalo, biz bilan kelib qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarimizga rahmat aytaman. Menimcha, bu o‘yinni butun Andijon va O‘zbekiston xalqi ham kuzatdi. O‘yinga kelsak, uchrashuvdan so‘ng yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytdim. Berilgan ko‘rsatmalarimni bajarishdi, vaziyatlar yarata olishdi, yaxshi xarakat qilishdi. Jamoaning o‘yini ko‘rindi. Asosiysi, xohish va iroda namoyish etishdi. Yana bir narsani aytib o‘tay, biz safarda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘ynadik, buni unitmaslik kerak. Bugun o‘z hisobimizga dastlabki ochko yozib qo‘ydik va bunga munosib edik”.
Doniyor Abdumannopov: “O‘yin biz o‘ylagandek kechdi. Ko‘rsatmalarni bajardik. Jamoamiz a’zolariga va kelgan barcha muxlislarga rahmat aytaman”.
Fikrlar