Maksim Shatskix: "Masalani birinchi taymdayoq hal etishga yaqin edik"

  • 21 may, 2024, 08:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi durang o‘ynagan "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘yin haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Birinchi taym bizning stsenariyimiz ostida o‘tdi. Masalani birinchi taymdayoq hal etishga yaqin edik. Ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda atayin to‘pni raqibga topshirdik. Qarshi hujumlarda o‘ynashni rejalashtirgandik. Biroq yakunda yana durang o‘ynab ochko yo‘qotdik. Tahlil uchun sabablar etarlicha.

Alijonovning holati ancha yaxshilashdi. Yaqin orada safga qaytishini kutyapmiz. Saitov va Merk hamon jarohatlarini davolatishmoqda. Tarkibda hali muammolarimiz etarlicha. Chempionat davom etmoqda. Kim qanday pog‘onalarda bo‘lishini dekabrda ko‘ramiz. Imkoniyat barchada bir xil deya olaman. Bizda ham hali imkoniyat bor.

Xoldorxonovni aniq hujumchi demagan bo‘lardim. Uni ko‘proq yarim himoyachi deyish to‘g‘ri. Bu mening fikrim, albatta. Cheran birinchi taym hujumda o‘ynadi. Maydondagi joylashuv taktikaga bog‘liq.

Kojo hujumchi, hujumchining vazifasi esa gol urish. U bugun gol urdi, demak ishini yaxshi bajargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
21/05/2024 11:24
Динамо роса пустагингни кокдику динамога рахмат дигин хархил важ тукийсан
&
Сафаров Кахрамонжон
21/05/2024 08:27
Сани фикринг 1 тийин халк куриб турдику пахтакорни Динамо астар халтасини титиб ташладику