Maksim Shatskix: "O‘ylaymanki, o‘yin muxlislarga yoqdi"

  • 8 avgust, 01:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” (1:1) o‘rtasidagi uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.

Tecno

- Xayrli oqshom. O‘ylaymanki, o‘yin muxlislarga yoqdi. Juda qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. Raqib tomonidan ham, biz tomondan ham rejalangan ishlarni amalga oshirishga harakat qildik. Uchrashuvdan avval futbolchilarga bergan ko‘rsatmalarni ular bajarishdi. Bu o‘yinga yigitlar ko‘p kuch sarflashdi. Unutmaylikki, safarda amaldagi chempion jamoaga qarshi maydonga tushdik. O‘yindan va natijadan qoniqdim.

- Natijadan rozi bo‘ldingizmi?

- Natijadan roziman. Bu uchrashuvda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi.

- Maksim Aleksandrovich, uchrashuv qanday bo‘lishini kutgandingiz?

- Biz shunday o‘yin bo‘lishini, “Nasaf” o‘yinni nazorat qilishini sezgandik. Shunday ekan, qarshi hujumlarda vaziyatlarni poylab oldinga o‘tishni reja qilganmiz. Birinchi taymda bizda bunday imkoniyatlar bir necha marotaba yuz berdi. Ikkinchi taymda ham bunday imkoniyat bo‘ldi. Ba’zi vaziyatlarda tajriba etishmay qoldi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular oxirigacha chidashdi.

- Ikkinchi davradagi o‘zgarishlardan qoniqish hosil qildingizmi?

- Ha, mamnunman. Endi ikkita turni o‘tkazdik. Barchasi reja asosida davom etyapti. Biz ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Oldimizda yana uchta tur bor va keyin chempionatda biroz tanaffus bo‘ladi. Chempionatimizni ushbu o‘yinlari orqali Osiyo Chempionlar ligasiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib boramiz.

- Ko‘rinib turibdiki, jamoa o‘yini yaxshi tomonga o‘zgargan...

- O‘yindan-o‘yinga vaziyatga qarab o‘zgarishlarni qilishga harakat qilyapmiz, taktik va jismoniy tomondan ham.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!