Maksim Shatskix: "Paxtakor”ga qarshi jamoalar maksimal darajada o‘ynaydilar"
"Surxon" bilan o‘yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Imkoniyatlarimiz bor edi, ulardan foydalansak kattaroq hisobda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Muhimi g‘alaba va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.
Biz musobaqa jadvaliga qaramaymiz. O‘zimizning maqsadlar bor va boshqa jamoalarga qarab ish qilmaymiz.
"Surxon" yosh va chanqoq jamoa. Birinchi bo‘limda "Surxon" kuchga to‘la edi va shu sabab ular o‘z hududlarini yopishga ulgurayotgan edi. Ikkinchi bo‘limda esa biz o‘z o‘yinimizni namoyish eta boshladik va "Surxon" bir nechta hujum uyushtirdi xolos. Hozirgi kunda "Paxtakor"ga qarshi har bir jamoa maksimal tarzda o‘ynaydi. Oson g‘alabalar kutmaymiz.
Fayzullaevning yo‘qligi ham bilinayapti. Undagi kreativlik bizga etishmayapti. Uning jamoada qolishi yoki qolmasligi masalasi haqida fikr bildira olmayman. Ammo, aytishim mumkinki, hech kimning xohishiga teskari ish tutmaymiz
Zaxira o‘rindig‘imizda U-19 jamoasining futbolchilari ko‘proq. Ularni maydonga tushirish katta tavakkal, sababi ular o‘yin sur’atiga moslashib keta olmasligi mumkin. Agar yosh futbolchilarni maydonga tushirsam, ular ruhiy bosim ostida qolib ketishadi va o‘ziga ishonchni yo‘qotib qo‘yishi mumkin", - dedi "sherlar" ustozi.

Fikrlar