
Maksim Shatskix: "Zaxirada deyarli yosh bolalar o‘tirishdi"
O‘zbekiston Kubogining 2-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” –“Qo‘qon-1912” (0:0) o‘rtasidagi bellashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix quyidagicha munosabat bildirdi:
"Birinchi bo‘limda o‘yin taqdirini hal qilishimiz mumkin edi, biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. Chetlatishdan keyin ham bizda juda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Gol ura olmadik.
Yosh futbolchilarimizga bunday sur’atga to‘liq kirishib ketish uchun vaqt kerak. Zaxirada deyarli yosh bolalar o‘tirishdi, ular bunday darajada hali o‘ynashmagan.
Raqobatning yo‘qligi mashg‘ulot va uchrashuvlarga ta’sir ko‘rsatadi. Olimpiya terma jamoasidagi yigitlar safga qaytsa, almashtirishga imkoniyat ko‘proq bo‘lardi. Bugun majburan bir o‘zgarish qila oldik, xolos", - deydi Maksim Aleksandrovich.
Fikrlar