
Maktominey "Manchester Yunayted"da qoladigan bo‘ldi
"Manchester Yunayted"ning shotlandiyalik yarim himoyachisi Skott Maktominey yozda "qizil iblislar"ni tark etmaydi.
Bu ma’lumotni "The Athletic" nashri tasdiqladi. "Bavariya", "Inter" va "Fulxem" qiziqishlariga qaramay, ingliz klubi ustozi Erik ten Xag maydon markazini mustahkamlash uchun Maktomineyni saqlab qolmoqchi.
O‘tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar