Maldini Italiya terma jamoasi muzokara olib borayotgan ikki murabbiy ismini ochiqaladi

  • 23.07.2026 20:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya Futbol federatsiyasi direktori Paolo Maldini milliy jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tibor Karlo Anchelotti va Xosep Gvardiolaga qaratilgan.

«Biz Karlo Anchelotti va Xosep Gvardiolaga murojaat qildik. Avvalo, dunyo miqyosida e’tirof etilgan eng kuchli murabbiylar bilan gaplashib, ular Italiya terma jamoasini boshqarishga qanchalik tayyor va mavjud ekanini bilib olishni istadik», — deya ta’kidladi Maldini.

Ma’lumki, hozircha Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda. Xosep Gvardiola esa «Manchester Siti»ni tark etganidan so‘ng hech bir jamoa bilan shartnoma tuzmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!