“Mancheste Yunayted” Erik ten Xagning eski shogirdlariga 272,4 million evro sarflab yubordi

  • 19 avgust, 2024, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagni 2022 yili “Ayaks”dan olib kelgan edi.

Muxlisu mutaxassislar klubning keyingi transferlari asosan niderlandiyalik murabbiy qo‘l ostida o‘ynagan “Ayaks”ning sobiq futbolchi bo‘layotganiga e’tibor qaratdi.

ESPN nashri “Manchester Yunayted” Erik ten Xagning shogirdlarini olib kelish uchun jami 272,4 million evro sarflaganini hisoblab chiqdi.

Erik ten Xag 2017-2022 yillar davomida “Ayaks”ni muvaffaqiyatli boshqarib, bir necha iste’dodli futbolchilarni etishtirib bergan.

So‘nggi yillarda “Ayaks”dan Manchesterga kelgan eng qimmat o‘yinchi Antoni hisoblanadi. Braziliyalik vinger uchun 95 million evro to‘langan. “Manchester Yunayted”ga Lisandro Martinesga 57,4, Nussayr Mazrauiga 20, Andre Onana va Matteys de Ligtga 50 million evrodan pul sarflagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!