Manchester klubidan besh futbolchini yo‘qotishni so‘rashdi
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz klub qaysi oʻyinchilardan voz kechishi kerakligini aytdi.
Uning “qora roʻyxati”ga Lyuk Shou va Harri Maguayr, shuningdek Manuel Ugarte, Joshuа Zirkze va Meyson Maunt kiritildi.
- Men Maguayrga toʻliq ishonish mumkinligiga ishonchim komil emas, ayniqsa jamoa Chempionlar ligasida gʻalaba qozonmoqchi boʻlsa.
Shou juda kam oʻynaydi va u hozir dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri emas. Maunt yaxshi futbolchi, ammo u juda koʻp jarohat oladi, - deydi Pol Skoulz.
“Manchester Yunayted” vaqtinchalik bosh murabbiylikka Maykl Kerrik kelganidan keyin mavqeini tiklay boshladi. Jamoa Angliya Premyer-ligasida uchinchi oʻringa koʻtarilib oldi va kelasi mavsum uchun UEFA Chempionlar ligasi yoʻllanmasiga daʼvogarlik qilmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan birinchi marta doimiy bosh murabbiy masalasini hal qilishi kerak. Keyin esa, klub yozda tarkibni qayta shakllantirishni boshlaydi.
Fikrlar