
"Manchester Siti" afsonasi jamoadan ketishini e’lon qildi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi David Silva joriy mavsum yakunlangach jamoadan ketishini ma’lum qildi.
“Men “Manchester Siti”da 10 yil o‘ynadim va xohlagan barcha narsalarimga erishdim. Mening klubdagi davrim yakunlanib bormoqda. Bu jamoa hamisha mening xotiramda qoladi. Birinchi kunlardan boshlab klubda hamma menga iliq fikr bildira boshladi. Endi men va oilamga yangi chaqiruv kerak”, - deydi 34 yoshli ispaniyalik futbolchi.
Silva “Manchester Siti” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 424 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 74 ta gol hamda 137 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar