"Manchester Siti" Anderson transferidan voz kechishi mumkin
"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonning "Manchester Siti"ga o‘tishi so‘roq ostida qolmoqda.
Jurnalist Jeremi Krossning ma'lum qilishicha, manchesterliklar 23 yoshli futbolchi uchun 100 million funt sterling kafolatlangan to‘lov va yana 20 million funt bonus taklif qilgan. Biroq "Nottingem Forest" bu taklifni rad etgan.
Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" endi ushbu transferdan butunlay voz kechish variantini ko‘rib chiqmoqda. "Forest" rahbariyati esa narxni tushirish yoki muzokaralarda yon berish niyatida emas.
Avvalroq Elliot Anderson uchun kurashdan "Manchester Yunayted" ham chiqqan edi. Manchesterliklar futbolchi uchun so‘ralgan mablag‘ni haddan tashqari yuqori deb hisoblagan.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, Andersonning bozor qiymati 75 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar