"Manchester Siti" APLdan tushib ketishi mumkin
"Manchester Siti" joriy mavsumdayoq Angliya Premier-ligasini tark etishi mumkin.
MatchDay Central xabariga ko‘ra, "shaharliklar"dan moliyaviy qoidabuzarliklar tufayli 60 ochko olib tashlanishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Xosep Gvardiola jamoasi so‘nggi o‘ringa tushib ketadi va Chempionshipga ravona bo‘ladi. Bu boradagi yakuniy qaror joriy mavsum yakuniga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.
Aytilish kerakki, "Manchester Siti"ning jiddiy jazoga tortilishi bilan bog‘liq mojaro bir necha yildan beri davom etmoqda.
Ayni paytda "Manchester Siti" Premier-ligada 61 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Arsenal" bilan oradagi farq 9 ochkoni tashkil etmoqda.

Fikrlar