"Manchester Siti" "Atletik" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi
"Atletik" himoyachisi Unai Nunes yozda Bilbao klubini tark etishi mumkin. 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.
AS nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" futbolchi uchun kurashda "Bavariya"ni ortda qoldirishga urinib ko‘rishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Nunes uchun APLning yana bir klubi "Vest Xem" ham da’vogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda ispaniyalik Ispaniya La Ligasi bahslarida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar