
"Manchester Siti" "Barselona"ning shartiga ko‘nmoqchi emas
“Barselona” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva uchun 85-95 million evro to‘lashi kerak, deb xabar bermoqda Diario Sport jurnalisti Xavi Torres.
Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati hozirda bunday katta transferni amalga oshira olmasligini yaxshi biladi. Ammo portugaliyalik futbolchining o‘zi ham "Barselona"ga o‘tishni xohlamoqda. Shunga qaramasdan "shaharliklar" o‘z futbolchisi uchun narxni pasaytirmoqchi emas.
27 yoshli Silva o‘tgan mavsum "Manchester Siti" safida jami 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan.
Transfermarkt portali esa Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 80 million evroga baholamoqda.
Fikrlar