
"Manchester Siti" "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
"Manchester Siti" ushbu qishda bitta tayanch yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishi kutilayotgandi. "Shaharliklar" tanlov qilganga o‘xshamoqda.
Fabritsio Romano xabar berishicha, "Portu" futbolchisi Niko Gonsales klub radariga tushgan. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar ham boshlanib ketgan. Ammo Portugaliya klubi 22 yoshli ispanni sotish niyati yo‘q. Nikoning esa 60 million evrolik tovon puli mavjud.
Gonsales "Barsa" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2021 yili asosiy jamoaga o‘tadi, bir yildan so‘ng esa "Valensiya"ga ijaraga beriladi. 2023 yilda "Portu" uni sotib oladi va 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.
Niko ayni paytda juda zo‘r sport formasida. U klubi safida ushbu mavsum 29 ta o‘yin maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, sheriklariga 6 ta golli pas bergan.
Fikrlar