“Manchester Siti” Bellingem variantidan voz kechib, boshqa superfutbolchi oladigan bo‘ldi

  • 2 aprel, 15:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati tarkibni yangilash jarayonida maydon markazida ustunlik o‘rnatadigan, hujumlar tashkil qiladigan, o‘yinni boshqaradigan pleymeykerga ehtiyoj sezmoqda.

Tecno

Shu bois, “shaharliklar” yoshi o‘tib qolgan Kevin de Bryuyne o‘rniga yosh va iste’dodli o‘yinchi olishni rejalashtirgan.

Xosep Gvardiola bu pozitsiyada “Real” yulduzi Jud Bellingemni ko‘rishni istagan edi. Biroq angliyalik futbolchi yurtiga qaytish niyati yo‘qligini bildirganidan keyin manchesterliklar nishonni o‘zgartirdi.

Endi “Manchester Siti” mutasaddilari “Bayer” etakchisi Florian Virtsni olib kelmoqchi. Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, APL chempioni 21 yoshli pleymeyker transferi uchun 150 million evro ajratishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!