“Manchester Siti” bir himoyachini uchta klub bilan talashyapti

  • 12.01.2026 18:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va “Ayntraxt” klubi himoyachisi Nataniyel Braun faoliyatini boshqa chempionat – Angliya Premier-ligasining qudratli klublarida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi. 

TEAMtalk nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Nyukasl”  va “Arsenal”  chap qanot himoyachisini diqqat bilan kuzatib boryapti. Manbaning qayd etishicha, hozircha nemis klubi 22 yoshli futbolchi uchun aniq narx belgilagan yo‘q, lekin transferlar bo‘yicha ekspertlar Braun Angliya grandlariga 45-55 million yevro atrofida tushishi mumkinligini ta’kidlamoqda. 

Joriy mavsumda Braun barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta gol va uchta golli uzatma mualliflik qildi. O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. 

Transfermarkt portali  Germaniya terma jamoasi safida ikkita o‘yin o‘tkazgan yosh futbolchining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!