
"Manchester Siti" David Silvaga haykal o‘rnatadi
“Manchester Siti”ning afsonaviy yarim himoyachisi David Silva sharafiga haykal o‘rnatiladi.
“Shaharliklar” direktorlar kengashi raisi Xaldon al Muborakning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak haykal jamoaning uy arenasi hisoblangan «Etixad Stedium»da joylashtiriladi. Bundan tashqari, “Siti”ning mashg‘ulotlar bazasida ispaniyalik futbolchining surati aks etgan maxsus mozaika paydo bo‘ladi.
34 yoshli David Silva “Manchester Siti”ga 2010 yil “Valensiya”dan ko‘chib o‘tgan edi. Shundan buyon u 10 yil davomida ushbu jamoa munosib sharafini himoya qilib keldi.
Fikrlar