
"Manchester Siti" de Bryuynega Bundesligadan o‘rinbosar topdi
Niderlandiyalik futbolchi Xavi Simons "Manchester Siti"ga qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. ESPN nashrining jurnalist Kristian Falkga tayanib xabar berishicha, "shaharliklar" "RB Leyptsig" yarim himoyachisini 2025 yilning yozida sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. "Manchester Siti" Simonsni kelajakda Kevin de Bryuynega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, 21 yoshli iqtidorga "Liverpul" va "Bavariya" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. "RB Leyptsig" niderlandiyalik futbolchini PSJdan sotib olgan holda, jamoada saqlab qolmoqchi. Ammo klubning to‘liq transferni amalga oshirishiga moliyaviy imkoniyatlari halal berishi ham mumkin. Futbolchining o‘zi esa, faoliyatini nemis klubi safida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
Fikrlar