
"Manchester Siti" etakchisi: "Arsenal" hozir xuddi bizdek o‘ynayapti
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden chempionlik uchun kurashda "Arsenal" bilan bo‘ladigan raqobat haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta boshchiligidagi “kanonirlar” 44 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ular ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti”dan 5 ochko ko‘p jamg‘argan.
“Biz Artetaning qanchalik yaxshi ekanini, u bilan “Manchester Siti”da ishlaganimizdan juda yaxshi bilamiz. Endi "Arsenal" barcha jihatlarda kuchli ko‘rinmoqda, bu ajablanarli emas. Bu premer-liga va bu erda raqobat juda kuchli.
Biz birinchi o‘ringa chiqib, yana chempionlikni qo‘lga kiritmoqchimiz – bu biz uchun katta sinov. Mikel o‘z g‘oyalarini "Arsenal"ga singdirdi. Hozir “Arsenal” xuddi biz kabi o‘ynaydi va bu juda zo‘r ko‘rinadi", - dedi Foden klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar