
“Manchester Siti” etakchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi, deb xabar beradi “Daily Star” nashri.
22 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan yangi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shartnomaning moliyaviy shartlariga ko‘ra, Fodenning maoshi yiliga 11,3 million evroni tashkil qiladi.
Fil “Manchester Siti” akademiyasini tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yildan beri asosiy jamoa sharafini himoya qilib keladi.
O‘tgan mavsumda yarim himoyachi “Siti”ning barcha musobaqalar doirasidagi 45 o‘yinda ishtirok etib, 14 gol va 11 golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar