"Manchester Siti" futbolchisi "variant"ga uy sotib oldi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Filip Foden o‘ziga 2,27 million evro evaziga uy xarid qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 18 yoshli futbolchi sotib olgan uy Manchester shahrining eng nufuzli tumanlaridan biri hisoblangan Bramxollda joylashgan. Ta’kidlash kerakki, Foden uyni bo‘lib to‘lash (variant) sharti bilan sotib olgan. U endi bu erda ota-onasi bilan birga yashaydi.
Ma’lumot uchun, Foden joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar