"Manchester Siti" himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi
"Manchester Siti" portugaliyalik himoyachi Ruben Diash bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb yozadi jurnalist David Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ornshteynning yozishicha, "Manchester Siti" Diash bilan yangi shartnoma imzolash borasida printsipial kelishuvga erishgan. 28 yoshli markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunida o‘z nihoyasiga etadi. Yangi kelishuv uzoq muddatli bo‘ladi.
Portugaliyalik futbolchi "shaharliklar" safida 2020 yilning sentyabridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda bir nechta o‘yinlarda "Manchester Siti" sardori sifatida maydonga tushdi.
Umumiy olganda, Diash 2024/2025 yilgi mavsumda "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmagan.



Fikrlar