“Manchester Siti” katta transferga qo‘l urmoqda

  • 6 yanvar, 2024, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardiola boshqarayotgan jamoani yanada kuchaytirishga qodir yangi futbolchini transfer qilmoqchi.

“Shaharliklar”ning transfer nishoniga “Bayer” vakili Florian Virtts tushdi.

Virtts yosh bo‘lishiga qaramay, bir necha mavsumdan beri leverkuzenliklar tarkibida samarali o‘yin namoyish etmoqda va jamoa etakchisi hisoblanadi.

20 yoshli futbolchi doriy mavsumda Bundesliga, Germaniya kubogi va Evropa Ligasida jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 12 ta golli pas oshirdi.

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Virttsning transfer summasi uch yildan beri muntazam ko‘tarilib kelmoqda. 2020 yili professional faoliyatini boshlaganida 10 million evroga baholangan universal o‘yinchining ayni paytdagi transfer summasi 100 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!