
"Manchester Siti" Keyn evaziga "Tottenxem"ga 2 nafar hujumchisini berishga tayyor
"Manchester Siti" klubi rahbariyati Angliya terma jamoasi va Londonning "Tottenxem" klubi markaziy hujumchisi Xarri Keynni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, "shaharliklar" 27 yoshli to‘purar evaziga “shporlar”ga o‘zlarining ikki futbolchisini berishga tayyor. Angliya chempioni Keyn uchun “Tottenxem”ga Gabriel Jezus va Rahim Sterlingni taklif qilmoqchi.
London klubi bilan Keynning amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan. Uning hozirgi transfer qiymati 120 million evroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsum Keyn APLda 35ta o‘yin o‘tkazib, 23ta gol urdi (to‘rttasi penaltidan) va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar