
"Manchester Siti" Kovachichni sotib olishga yaqin
"Manchester Sbti"ni mazkur yozda bir qator yarim himoyachilar tark etishi kutilyapti. Shu sababli, klub bu pozitsiyani kuchaytirish uchun urinmoqda. "Shaharliklar" "Chelsi" futbolchi Mateo Kovachichni sotib olishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Avvalroq, "The Athletic" nashri "Manchester Siti" 25 million funtlik taklifni jo‘natishi haqda ma’lum qilgandi. 29 yoshli xorvat bilan shaxsiy kelishuvga erishilgan.
Mish-mishlarga qaragandi, Gvardiola Kovachichdan keyin Yoshko Gvardiol transferiga harakat qilinishi istaydi. 21 yoshli himoyachi ham Manchester klubida to‘p tepishga tayyor.
Fikrlar