"Manchester Siti" mojaroga qarama-y, "Bavariya" futbolchisi uchun 100 million yevro to'laydi
Myunxenning «Bavariya» jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich atrofida Yevropaning bir qator yetakchi klublari katta qiziqish bilan kuzatuv olib bormoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi uchun Madriddning «Real» klubi, shuningdek, «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» da'vogarlik qilmoqda. Xabarlarga qaraganda, «Manchester Siti» rahbariyati Pavlovich transferi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor.
Nemis yarim himoyachisi «Bavariya» tarkibida 2023 yil noyabridan beri harakat qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Mutasaddilar bahosiga ko‘ra, Pavlovichning bozor qiymati hozircha 90 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar