"Manchester Siti"ning derbidagi goli hisobga olinmasligi kerak edi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya chempionati to‘rtinchi turidagi derbida «Manchester Siti» urgan gol atrofidagi hakamlar qaroriga izoh topa olmayotganini aytdi.
«Yunayted» o‘z maydoni – «Old Trafford»da raqibga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Erling Holann hisobni ochdi. Epizodda undan oldin bosh bilan zarba berishga urinigan Enzo Fernandez ofsajdda turganiga qaramay, hakamlar o‘yinni to‘xtatmadi va golni haqli deb topdi.
- Men umuman tushunmayapman, qanday qilib Enzo Fernandez bu vaziyatga umuman ta’sir qilmadi, deb aytish mumkin? – dedi Kerrik Sky Sports efirida. – Bu qaror haqiqatan ham adashtirib qo‘yadi. Voqea aynan shunday talqin qilinganidan hayratdaman.
Nega aynan shunday qaror qabul qilinganini tushunish men uchun juda qiyin. Bugungi kunda bunday vaziyatlar uchun barcha sharoitlar mavjud: mutaxassislar bir nechta monitorlar va qayta namoyishlar orqali epizodni atroflicha o‘rganishi mumkin. Shu bois meni eng ko‘p tashvishga solayotgan jihat — xatoning o‘zi emas, balki ana shunday talqinlar odatiy holga aylanish ehtimoli.
Agar futbolda endilikda bunday holatdagi o‘yinchi epizodga aralashmagan, deb baholanyotgan bo‘lsa, bu menda jiddiy shubhalar uyg‘otadi. Rostini aytsam, bunday izohni kutmagandim, - dedi Maykl Kerrik.
To‘rt turdan so‘ng «Manchester Yunayted» hamon faqat 4 ochko jamg‘argan va Angliya Premier-ligasi jadvalidа 13-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar