“Manchester Siti” norozi! Klub ijaradagi futbolchini muddatidan oldin qaytaradi
“Manchester Siti” qishki transfer oynasida Leverkuzenning “Bayer” jamoasida ijarada o‘ynayotgan yarim himoyachi Klaudio Echeverrini ortga qaytarib olishni rejalashtiryapti.
Sport Witness nashrining yozishicha, “shaharliklar” 19 yoshli argentinalik futbolchiga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayotganidan xavotirda.
“Shaharliklar” yanvarda o‘yinchini “Bayer”dan qaytarib olgani bilan uni Manchesterda olib qolmaydi. Aksincha, Echevverini muntazam maydonga tushirishni kafolatlaydigan boshqa jamoaga ijaraga yuboradi. Ayni paytda sport bo‘limi mutasaddilari yosh futbolchiga etarli darajada o‘yin amaliyoti beradigan klub qidiryapti.
Joriy mavsumda Echeverri barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma bergan. U umumiy hisobda 127 daqiqa o‘ynagan. Bu holat futbolchiga egalik qiluvchi “Manchester Siti” rahbariyatini umuman qoniqtirmayapti.
Fikrlar