"Manchester Siti" Omar Marmush bilan kelishib oldi

  • 9 yanvar, 23:27
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" ushbu qishki transferlar oynasida katta transferlarga qo‘l urmoqda. Jamoa "Ayntraxt"dan Omar Marmushni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin kelyapti. 

Florian Plettenberg xabar berishicha, futbolchi va "shaharliklar" o‘rtasida kelishuv amalga oshgan. Hujumkor yarim himoyachi faoliyatini Angliyada davom ettirishga tayyor. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Siti" ushbu hafta so‘nggida birinchi rasmiy taklifini Germaniyaga jo‘natadi. "Ayntraxt" xohlayotgan summa 80 million evro bo‘lib qolmoqda. 

Marmush ushbu mavsumni juda ajoyib o‘tkazyapti. U jamoasi safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!