“Manchester Siti” professional futboldan butunlay chetlatilishi mumkin

  • 27.09.2026 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” Angliya Premier-ligasining moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq ish doirasida o‘ta jiddiy oqibatlarga duch kelishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs o‘zining YouTube-kanalida ma’lum qildi.

- Agar “Manchester Siti” Premier-ligadan chetlatilsa, EFL ish bo‘yicha chiqarilgan qarorni o‘rganadi va Premier-liganing pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagan holda, “Manchester Siti”ning o‘z musobaqalarida ham ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi.

Eng yomon stsenariyda “Manchester Siti” umuman professional futboldan chetlatilishi xavfi mavjud. Biroq bu yuridik jihatdan mumkin bo‘lgan variantlardan faqat biri. Shuning uchun klubga aynan qanday jazo qo‘llanishini hozirdan taxmin qilish to‘g‘ri emas, - dedi Jeykobs.

EFL tarkibiga Premier-ligadan keyingi Angliya professional futbolining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalari – Chempionship, Liga 1 va Liga 2 kiradi.

“Manchester Siti” 2009–2018 yillar oralig‘ida Angliya Premier-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Premier-liga klubga jami 115 ta ayblov qo‘ygan. Ular, jumladan, moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to‘lovlar, UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari hamda daromad va barqarorlik talablariga rioya qilish bilan bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!