"Manchester Siti" PSVga sotgan futbolchisini bir yildan so‘ng 2 barobardan ham qimmatroqqa qaytarib oldi

  • 4 iyul, 2019, 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi PSV himoyachisi Xose Anxelinoning transferini sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, eyndxovenliklar 22 yoshli futbolchini bundan bir yil muqaddam 5,5 mln evro evaziga aynan “shaharliklar”dan sotib olishgan edi. Oradan bir yil o‘tib esa “Siti” uni 12 mln evroga qayta sotib oldi.

Ma’lumot uchun, Anxelino o‘tgan mavsum Gollandiya chempionatida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!