"Manchester Siti" Rodrigo transferini qayta ko‘rib chiqmoqchi

  • 11.08.2025 17:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" Rodrigo bilan shartnoma imzolashi mumkin. 

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bir necha futbolchilar bilan xayrlashgan "shaharliklar" "Real" vingeri transferini ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Jek Grilish "Everton"ga ijaraga berilmoqda, Jeyms Makati "Nottingem Forest"ga o‘tishga yaqin turibdi, Savino Moreyruni esa "Tottenxem" sotib olishi mumkin.

Tecno

Qayd etilishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola braziliyalik futbolchining muxlisi hisoblanadi. Madridliklar futbolchi jamoani tark etishni xohlasa, uning ketishiga ruxsat beriladi. Klub transfer uchun taxminan 100 million evro so‘rashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Rodrigo La Liganing o‘tgan mavsumida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!