
"Manchester Siti" short-listida 4 nafar top hujumchi!
"Manchester Siti" yozgi transfer vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. "Shaharliklar" rahbariyati 4 futbolchidan iborat nomzodlar ro‘yxatini ko‘rib chiqmoqda.
"The Times" nashrining xabariga ko‘ra, manchesterliklar Lautaro Martines ("Inter"), Erling Xoland ("Borussiya"), Andre Silva ("Ayntraxt") va Xarri Keyndan birini olib kelishga harakat qilib ko‘radi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti"ning argentinalik hujumchisi Serxio Aguero mavsum so‘nggida jamoani erkin agent maqomida tark etadi. Hozirja futbolchiga bir nechta top klublardan takliflar bor.
Xoland joriy mavsum Bundesligada 25ta, Keyn APLda 21ta, 23 yoshli Martines A Seriyada 16ta, 25 yoshli Silva esa Bundesligada 25ta gol urgan.
Fikrlar